Furqat Hasanboev sobiq jamoasiga qaytdi
O‘tgan mavsumda esa u “New Radiant”da o‘tkazgandi.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik himoyachi Furqat Hasanboev faoliyatini yana Maldiv chempionatida davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, futbolchi “Viktoriya” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U ilgari ham shu jamoada o‘ynagan edi.
O‘tgan mavsumda esa u “New Radiant”da to‘p surgandi. Endilikda u yangi mavsumni yana “Viktoriya”da boshlashga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, Hasanboev faoliyatining katta qismini Bangladesh va Maldiv chempionatlarida o‘tkazgan.
Farhod Fayziyev
Ekspert