«Fulhem» Silva borasida bir qarorga kelgan
Portugal mutaxassisiga qiziqish bildirayotgan jamoalar soni ko‘p.
ФОТО: Getty images
“Fulhem” rahbariyati bosh murabbiy Marku Silva bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, amaldagi kelishuvda 17,2 million yevro miqdoridagi tovon puli haqida band mavjud.
Sababi, portugal mutaxassisiga ko‘plab jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xususan, “Nottingem Forest” ham Silva bilan shartnoma taklif qilgan edi.
Silva ham jamoada qolishga tayyor. Biroq hozircha hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.
Ma’lumot uchun, jamoa APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist