locale OZ

«Fulhem» Silva bilan shartnoma taklif qildi

Murabbiy 2021 yildan beri “Fulhem”ni boshqarib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fulhem» Silva bilan shartnoma taklif qildi
ФОТО: Getty images

“Fulhem” bosh murabbiyi Marku Silva bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, londonliklar portugaliyalik mutaxassisga uch yillik yangi bitim taklif qilishgan.

Silva esa bunga hozircha javob qaytargani yo‘q. Chunki Markuga top jamoalardan taklif bo‘lishi mumkin. Tez orada “Chelsi” va “Benfika” yangi murabbiy qidirishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, murabbiy 2021 yildan beri “Fulhem”ni boshqarib kelmoqda. Klub hozirda APL turnir jadvalida 48 ochko jamg‘argan holda 11-o‘rinni egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting