«Fulhem» Marku Silva jamoani tark etganini eʼlon qildi
48 yoshli mutaxassis besh yillik faoliyatidan soʻng londonliklar bilan xayrlashdi.
FOTO: Getty Images
«Fulhem» oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Marku Silva bosh murabbiy lavozimidan ketganini maʼlum qildi. Portugaliyalik mutaxassis London klubini 2021 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Angliya Premyer-ligasining yakunlangan mavsumi natijalariga koʻra, «Fulhem» 52 ochko jamgʻarib, 11-oʻrinni egalladi.
Silvachilar boshqaruvida «dachniklar» barcha musobaqalarda 229 ta oʻyin oʻtkazib, ularning 102 tasida gʻalaba qozonishdi, 83 ta uchrashuvda magʻlubiyatga uchrashdi va 42 marta durang qayd etishdi. 48 yoshli mutaxassis «Fulxem»gacha boʻlgan faoliyati davomida Liverpulning «Everton», «Uotford», «Xall», «Olimpiakos», Portugaliyaning «Sporting» va «Eshtoril» klublarini ham boshqargan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist