«Fulhem» Marku Silva bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
Londonning «Fulhem» klubi jamoa bosh murabbiyi Marku Silva bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Mutaxassisning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi, unda 15 million yevrolik tovon puli bor bandi mavjud.
Avvalroq «Manchester Yunayted» va «Yuventus» portugaliyalik murabbiy bilan hamkorlik qilish imkoniyatini oʻrganib chiqqani haqida xabarlar tarqalgandi.
Qayd etilishicha, «Fulhem» Silvaga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.
Maʼlumot uchun, Marku Silva 2021 yildan buyon «Fulhem»ni boshqarib kelmoqda. U murabbiylik faoliyati davomida «Everton», «Uotford», «Hall Siti», «Olimpiakos», «Sporting» va «Eshtoril» klublarida ham ishlagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist