«Fulhem» Gonzalo Garsiya transferi uchun katta mablag‘ ajratishga tayyor
Angliyaning “Fulhem” klubi “Real” hujumchisi Gonzalo Garsiyani o‘z safiga qo‘shib olish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Jamoaning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa aynan shu futbolchini tarkibda ko‘rishni istamoqda.
Manbaga ko‘ra, Arbeloa avvalroq Madridda Garsiya bilan birga ishlagan va endi uni “Fulhem”ga olib kelishni maqsad qilgan. Ispaniya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, “Real” ham futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
2025/26 yilgi mavsumda Gonzalo Garsiya madridliklar asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bunga qadar u “Real Madrid Kastilya” jamoasida to‘p surgan bo‘lib, 2024/25 yilgi mavsumda 73 ta o‘yinda 30 ta gol muallifi bo‘lgan.