locale OZ

\"Fulhem\" Gonsalo Garsiyani \"Real Madrid\"dan sotib oldi

Qayd etilishicha, transfer amalga oshishida "Fulhem" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning roli katta bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Fulhem" Gonsalo Garsiyani "Real Madrid"dan sotib oldi
Foto: Getty Images

Angliyaning "Fulhem" klubi Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Gonsalo Garsiya transferini yakunladi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining mashhur Here we go! iborasi bilan ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, "Fulhem" 22 yoshli ispaniyalik hujumchi uchun 40 million yevro kafolatlangan transfer puli to‘laydi. Shuningdek, kelishuvga yana 2 million yevrolik bonuslar kiritilgan. Bitimga ko‘ra, "Real Madrid" futbolchining keyingi transferidan 30 foiz ulush olish huquqini saqlab qoladi. Bundan tashqari, madridliklar Garsiyaga boshqa klub taklif bilan chiqqan taqdirda, o‘sha taklifni takrorlash va futbolchini qayta sotib olish bo‘yicha ustuvor huquqqa ham ega bo‘ladi.

Qayd etilishicha, transfer amalga oshishida "Fulhem" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning roli katta bo‘lgan. U Gonsalo Garsiya bilan avval "Real Madrid" tizimida birga ishlagan va hujumchini jamoasiga olib kelishni shaxsan istagan.

Eslatib o‘tamiz, Gonsalo Garsiya "Real Madrid" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq asosiy tarkibda kuchli raqobat tufayli muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmadi va faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishga qaror qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting