“Fulham” yangi yarim himoyachi transferini rasman e’lon qildi
22 yoshli futbolchi London klubi bilan 2031-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Foto: Getty Images
“Fulham” “Southampton” va Shimoliy Irlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Shea Charlesni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
22 yoshli futbolchi London klubi bilan 2031-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuvda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Charles yangi jamoasida 19-raqamda to‘p tepadi.
O‘tgan mavsumda yarim himoyachi “Southampton” safida Chempionshipda 33 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urgan.
Transfer summasi rasman oshkor qilinmagan. Biroq xabarlarga ko‘ra, “Southampton” futbolchisi uchun taxminan 30 million funt sterling olgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist