locale OZ

Frimpong qurollangan qaroqchilar hujumi natijasida halok boʻldi

U endigina 20 yoshda edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Frimpong qurollangan qaroqchilar hujumi natijasida halok boʻldi
FOTO: Getty Images

Gana futbol assotsiatsiyasi (GFA) xabariga ko‘ra, mamlakatning «Berekum Chelsi» klubi hujumchisi Dominik Frimpong jamoa avtobusiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi. Ko‘ngilsiz hodisa jamoa «Samarteks» klubiga qarshi o‘tkazilgan chempionat o‘yinidan (0:1) qaytayotgan vaqtda yuz bergan. Avtobus bir guruh qurollangan qaroqchilar tomonidan to‘xtatilgan.

«Haydovchi avtobusni orqaga burishga harakat qilganida, to‘pponcha va avtomatlar bilan qurollangan shaxslar transport vositasini o‘qqa tuta boshlashdi. Futbolchilar va xodimlar yaqin atrofdagi butazorlarga yashirinishga ulgurishdi. Afsuski, o‘yinchilarimizdan biri og‘ir jarohat oldi», — deyiladi klubning ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.

Ushbu fojia ortidan GFA kelajakda bunday holatlarning oldini olish maqsadida ichki musobaqalarda ishtirok etayotgan klublar uchun xavfsizlik choralarini qayta ko‘rib chiqish va kuchaytirish rejalarini e’lon qildi. Dominik Frimpong 20 yoshda edi, u joriy mavsumda «Berekum Chelsi» safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ulgurgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting