locale OZ

Frimpong jarohat sabab bir necha haftani o‘tkazib yuborishi mumkin

Niderlandiyalik futbolchi "Ayntraxt"ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Frimpong jarohat sabab bir necha haftani o‘tkazib yuborishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasi doirasida Frankfurtning "Ayntraxt" klubiga qarshi o‘yinda (5:1) o‘ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong jarohat olganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik futbolchi 19-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi – uning o‘rnini Konor Bredli egalladi.

"Frimpongning ahvoli? U yangi jarohati tufayli bir necha haftani o‘tkazib yuborishini kutyapman," — dedi Slot.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” yozgi transfer vaqtida futbolchini Leverkuzenning "Bayer" klubi 40 mln yevro evaziga sotib olgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting