locale OZ

Frenki de Yong og‘ir jarohatdan operatsiyasiz qutulishi mumkin

Xabarlarga ko‘ra, de Yong va "Barselona" shifokorlari uch hafta davomida uning holatini kuzatadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Frenki de Yong og‘ir jarohatdan operatsiyasiz qutulishi mumkin
Foto: Getty Images

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong olgan tizza jarohati dastlab taxmin qilinganidek og‘ir bo‘lmasligi mumkin. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi operatsiyasiz davolanish imkoniyatiga ega va hozir konservativ davolash kursini davom ettirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, de Yong va "Barselona" shifokorlari uch hafta davomida uning holatini kuzatadi. Agar tiklanish ijobiy kechsa, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj qolmasligi mumkin. Aks holda esa futbolchi operatsiya qilinadi va maydonga qaytishi 5–6 oyga cho‘zilishi ehtimoli bor.

Avvalroq futbolchining o‘ng tizzasidagi ichki yon boylam to‘liq uzilgani va uzoq muddat safdan chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan va davolanishning dastlabki natijalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting