locale OZ

Frenki de Yong “Barselona”ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi

Niderlandiyalik futbolchi qariyb to‘rt oylik tanaffusdan keyin yana jamoadoshlari bilan shug‘ullana boshladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Frenki de Yong “Barselona”ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong uzoq davom etgan jarohatdan so‘ng jamoa bilan mashg‘ulotlarni qisman tikladi. Niderlandiyalik futbolchi qariyb to‘rt oylik tanaffusdan keyin yana jamoadoshlari bilan shug‘ullana boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, de Yong avval individual dastur asosida tayyorgarlik olib borayotgan edi. Endilikda u tiklanishning navbatdagi bosqichiga o‘tib, mashg‘ulotlarning bir qismini umumiy guruh bilan bajarmoqda. Futbolchining maydonga qaytishiga shoshilmaslik va jismoniy holatini bosqichma-bosqich tiklash rejalashtirilgan.

29 yoshli yarim himoyachi Jahon chempionati vaqtida o‘ng tizzasining ichki yon bog‘lamidan jarohat olgan. De Yong operatsiya qildirishdan voz kechib, konservativ davolanish usulini tanlagan. Shu sabab u 2026/27 mavsumida hali “Barselona” safida rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” La Liganing dastlabki 7 turida 21 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. De Yongning o‘yinlarga qaytishi uchun esa yana bir necha hafta kerak bo‘lishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting