Frenki de Yong 4 oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin
"Barselona" va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong JCh-2026'dan so‘ng jiddiy tizza jarohatini olgan bo‘lishi mumkin. Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko‘ra, futbolchi to‘rt oygacha safdan chiqishi ehtimoli bor.
Ma'lumotlarga ko‘ra, de Yong Jahon chempionatining so‘nggi uchrashuvlarini o‘ng tizzasidagi og‘riq bilan o‘tkazgan. Hatto u ayrim bahslarda og‘riq qoldiruvchi ukollar yordamida maydonga tushgani aytilmoqda. Endi esa "Barselona" tibbiy shtabi jarohat darajasini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazmoqda.
Ayni paytda klub futbolchining ahvoli yuzasidan rasmiy bayonot bermagan. Biroq dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jarohat tasdiqlansa, de Yong 2026/27-yilgi mavsum startini o‘tkazib yuborishi va maydonga faqat noyabr oylarida qaytishi mumkin.