locale OZ

Frenk Lempard: \"Abramovich kelganida hamma “ular chempionlikni sotib oldi” va shu kabi gaplarni aytishgan\"

Ingliz afsonasidan «Manchester Siti»da katta mablag‘ evaziga tuzilgan yulduzli jamoa safida o‘ynagani haqida so‘rashdi.
Frenk Lempard: "Abramovich kelganida hamma “ular chempionlikni sotib oldi” va shu kabi gaplarni aytishgan"
photo: gettyimages

Frenk Lemparddan «Manchester Siti»da katta mablag‘ evaziga tuzilgan yulduzli jamoa safida o‘ynagani haqida so‘rashdi.

«Manchester Siti» safida o‘ynaganimda bu haqda umuman boshqacha o‘ylamaganman. O‘shanda 36 yoshda edim. “Chelsi”dan ketganimdan keyin Nyu-Yorkka borish imkoniyatim ham bor edi. Keyin “Manchester Siti”dan taklif tushdi. Chempionlar safida o‘ynash imkoniyatidan mamnun bo‘ldim. Klubda menga juda yaxshi munosabatda bo‘lishdi.

“Chelsi”da 13 yil o‘ynadim. Roman Abramovich kelganida hamma “ular chempionlikni sotib oldi” va shu kabi gaplarni aytishgan. Ammo biz Skoulz, Bekxem, Runi va boshqa yulduzlari bor “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etishimiz kerak edi. Maydonga tushib, raqobatlashganingda faqat g‘alaba qozonish haqida o‘ylaysan. “Chelsi” bilan sovrinlar yutishga muvaffaq bo‘lganimizdan baxtiyorman.

Hozirgi bahslarga aralashishni istamayman. Futbolchi bo‘lgan paytimda bor e’tiborimni o‘yinga qaratganman va ajoyib jamoadoshlar bilan birga to‘p tepganman. “Siti” guruhidagi davrim ham men uchun juda qiziqarli bo‘lgan».

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting