locale OZ

Fred Grim kamida qishki tanaffusgacha «Ayaks»da qoladi

Niderlandiyalik mutaxassis bu haqda oʻzi maʼlum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fred Grim kamida qishki tanaffusgacha «Ayaks»da qoladi
FOTO: Getty Images

Niderlandiyalik mutaxassis Fred Grim kamida qishki tanaffusgacha «Ayaks» bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda u «Ekselsior»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Grim vaqtinchalik murabbiy sifatida Jon Xeyting o‘rniga tayinlangandi. Xeyting Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi «Galatasaroy»ga qarshi uy uchrashuvidagi og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng klub tomonidan iste’foga chiqarilgan edi.

Klubga yangi bosh murabbiydan avval yangi texnik direktor kerak bo‘ladi. Grim bu borada hali aniq reja yo‘qligini ta’kidladi:

«Bu qanchalik tez sodir bo‘lishini hech kim ayta olmaydi. Oxir-oqibat menga qishki tanaffusgacha jamoani boshqarishim aytildi. Bu qanchalik aniq? Futbol — buni hammamiz bilamiz. Ko‘ramiz», — deya Grimning so‘zlarini keltiradi vi.nl.

«Ayaks» hozirgi vaqtda chempionat jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam PSVdan 11 ochkoga ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting