locale OZ

Fransiyaning «Ayachcho» klubi bankrot bo'lganini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiyaning «Ayachcho» klubi bankrot bo'lganini e'lon qildi
Фото: Getty Images

Fransiyaning “Ayachcho” klubi moliyaviy inqiroz sababli bankrotlik jarayonini boshladi. Bu haqda La Parisien nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Korsika klubi 18-avgust kuni Ayachcho shahri tijorat sudiga rasmiy ravishda bankrotlik bo'yicha ariza topshirgan.

Ushbu qaror 180 nafar xodimning ishdan bo'shatilishi hamda yaqinda Liga 2'ning eng yaxshi mashg'ulot bazalaridan biri deb topilgan klub markazining yopilishiga olib keladi.

Avvalroq Fransiya futbol klublarini nazorat qilish va boshqarish milliy direksiyasi (DNCG) moliyaviy muammolar tufayli “Ayachcho”ni yangi mavsum milliy musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum qilgandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting