Fransiyalik futbolchilar «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish bo'yicha rekord o'rnatdi
Usmon Lamin Yamal, Rafinya, Ashraf Hakimi va Vitinya kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
ФОТО: Getty images
PSJ klubi vingeri Usmon Dembele Fransiya futboli tarixida "Oltin to'p" mukofotini qo'lga kiritgan oltinchi futbolchiga aylandi.
Dembele Lamin Yamal, Rafinya, Ashraf Hakimi va Vitinya kabi futbolchilarni ortda qoldirib, bosh sovringa ega chiqdi.
Bungacha ushbu individual mukofotni quyidagi fransiyalik futbolchilar qo'lga kiritgan edi:
Raymon Kopa ("Real" Madrid),
Mishel Platini ("Yuventus", mukofotni uch marta qo'lga kiritgan),
Jan-Pyer Papen ("Marsel"),
Zinedin Zidan ("Yuventus"),
Karim Benzema ("Real" Madrid).
Shu tariqa, fransiyalik futbolchilar "Oltin to'p" mukofotini qo'lga kiritish bo'yicha rekord o'rnatib, Italiya va Germaniyani ortda qoldirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist