Fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe \"Alaves\"ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi
"Real Madrid" klubi sharafini himoya qilayotgan fransuz hujumchisi Kilian Mbappe "Alaves"ga qarshi La Liganing 31-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgani sababli, "Barselona"ga qarshi Ispaniya Kubogi finalini o'tkazib yuborishi mumkin.
Birinchi taymning yakunlari arafasida, 38-daqiqada, futbolchi raqibi Antonio Blankoni qattiq oyog'i bilan golenostopiga tepib, qo'pol o'ynadi. Shu holatdan so'ng Mbappega to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka berildi. Ta'kidlash joiz, bu uning "Real Madrid" tarkibidagi birinchi chetlatilishi hisoblanadi.
La Liga qoidalariga ko'ra, Mbappe bir o'yindan uch o'yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Joriy mavsumda Kilian "Real Madrid" safida barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, 32 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.