locale OZ

Fransiya Shvetsiyaga qarshi o‘yinda Tyuramsiz qolishi mumkin

28 yoshli “Inter” forvardi boldir mushagidan lat yegan.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Fransiya Shvetsiyaga qarshi o‘yinda Tyuramsiz qolishi mumkin
Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi JCh-2026 pley-off bosqichi oldidan yo‘qotishga uchrashi mumkin. Jamoa hujumchisi Markus Tyuram 1/16 finalda Shvetsiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli “Inter” forvardi boldir mushagidan lat yegan. Shu sababli u yakshanba kungi mashg‘ulotda umumiy guruh bilan ishlamagan va faqat velotrenajyorda shug‘ullangan.

L’Équipe ma’lumotiga ko‘ra, Tyuramning Shvetsiyaga qarshi bahsda ishtirok etishi katta savol ostida. Hozirgi holatda u o‘yinni o‘tkazib yuborishi ehtimoli yuqori deb baholanmoqda.

Bu Fransiya uchun pley-off oldidan yoqimsiz xabar bo‘lishi mumkin. Chunki bunday bosqichda har bir futbolchining jismoniy holati va rotatsiya imkoniyati katta ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, Ngolo Kante ham tizzasidagi muammo sabab ikki kundan beri umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazmayapti. Biroq u Fransiya terma jamoasining uchrashuv qaydnomasiga kiritilishi ehtimoli bor.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting