locale OZ

Fransiya. \"PSJ\" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya. "PSJ" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi
Photo: Getty Images

Fransiya chempionatining 31-turida chempionlik masalasini hal qilgan “PSJ” o'z maydonida “Nizza”ni qabul qildi.

Uchrashuv 3:1 hisobida mehmonlarning muvaffaqiyati bilan yakunlandi. Natijada Luis Enrike shogirdlari mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bunga qadar parijliklar 30 o'yinda mag'lubiyatga uchramagandi.

Garchi “PSJ” mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, muddatidan avval Fransiya chempioniga aylandi, 31 o'yindan so'ng jamoa hisobida 78 ochko bor. Ikkinchi o'rindagi “Marsel” hisobida 55 ochko mavjud. “Nizza” 54 ochko bilan 4-o'ringa ko'tarilib oldi.

Fransiya chempionati. 31-tur

“PSJ” 1:3 “Nizza”

Gollar: Ruis 41 - Sanson 34, 46, Ndayishimiye 70.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting