locale OZ

Fransiya .«Marsel» – «PSJ» uchrashuvi boshqa kunga qoldirildi

Bunga noqulay ob-havo sabab bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya .«Marsel» – «PSJ» uchrashuvi boshqa kunga qoldirildi
ФОТО: Getty images

Fransiya chempionati 5-turidan o‘rin olgan "Marsel" – "PSJ" uchrashuvi yakshanba oqshomida o‘tkazilmaydi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘yin mintaqada kutilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirilgan.

Qayd etilishicha, kuchli yog‘ingarchilik tufayli mintaqada to‘q sariq xavf darajasi joriy etilgan. Hokimiyat hatto ko‘chalarni suv bosishini kutmoqda.

Shu sababli, "Marsel" va "PSJ" o‘rtasidagi Liga 1 qarama-qarshiligi boshqa kunda bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting