locale OZ

Fransiya. \"Marsel\" o'z maydonida g'alaba qozonib, 2-o'ringa chiqib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya. "Marsel" o'z maydonida g'alaba qozonib, 2-o'ringa chiqib oldi
Photo: Getty Images

Fransiya chempionatining 30-turida “Marsel” o'z maydonida “Monpelier”ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi, - 5:1.

Uchrashuvdagi birinchi 8-daqiqada Meyson Grinvud 11 metrlik nuqtadan gol urildi. 60-daqiqada hujumchi Amin Guiri mezbonlar hisobidagi farqni ikki golga yetkazdi. Grinvud 7 daqiqadan so'ng dubl qayd etib, hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi. 74-daqiqada angliyalik Jonatan Rou “Monpelier” darvozasiga to'rtinchi golni kiritdi. 83-daqiqada mehmonlar jamoasi himoyachisi Lukas Minkarelli bitta gol urdi. 90-daqiqada “Marsel” futbolchisi Adrien Rabiot jamoasining 5-golini urdi.

Ushbu g'alabadan so'ng “Marsel” 55 ochko jamg'arib, Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Monpelier" hisobida 15 ochko bor va oxirgi, 18-o'rinda.

Fransiya chempionati. 30-tur

“Marsel” 5:1 “Monpelier”

Gollar: Grinvud 8 (1:0), Guiri 60 (2:0), Grinvud 67 (3:0), Rou 74 (4:0), Minkarelli 83 (4:1), Rabiot 90 (5:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting