locale OZ

Fransiya. «Lion» o’z maydonida «Nant»dan ustun keldi

Bu o'yindan so'ng "Lion" 24 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya. «Lion» o’z maydonida «Nant»dan ustun keldi
ФОТО: Getty images

Fransiya 1-ligasining 14-turidan o‘rin olgan “Lion” – “Nant” uchrashuvi yakuniga yetdi. O‘yin Liondagi “Groupama” stadionida bo‘lib o‘tdi. Abdelatif Herraji hakamlik qildi. O‘yinda maydon egalari 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Birinchi bo'lim oxiri, 43-daqiqada mehmonlar jamoa himoyachisi Junior Mvanga qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 51-daqiqada “Lion” himoyachisi Abner hisobni ochdi. 70-daqiqada mezbonlar hujumchisi Martin Satriano jamoasining hisobdagi farqini kengaytirgan bo'lsa, 77-daqiqada hisobni 1:0 ko'rinishiga keltirdi.

Bu o'yindan so'ng "Lion" 24 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida oltinchi, "Nant" esa 11 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting