locale OZ

Fransiya. «Lill» Giroudning yagona goli evaziga «Monako»dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya. «Lill» Giroudning yagona goli evaziga «Monako»dan ustun keldi
Фото: Getty Images

Fransiya chempionatining 2-turida "Lill" klubi o‘z maydonida "Monako"ni qabul qildi.

Uchrashuv 1:0 hisobida mezbon jamoaning g‘alabasi bilan yakun topdi. Yagona gol 90+1-daqiqada mezbonlar hujumchisi Olivier Giroud tomonidan kiritildi. 90+8-daqiqada hujumchi dublga erishishi mumkin edi, ammo 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi.

Bu natijadan so‘ng "Lill" 2 o‘yinda 4 ochko to‘plab, Liga 1 turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Monako" esa 3 ochko bilan sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi.

Keyingi turda "Lill" safarda "Loryan" mehmoni bo‘lsa, "Monako" o‘z maydonida "Strasbur"ni qabul qiladi.

Fransiya chempionati. 1-tur
"Lill" 1:0 "Monako"
Gol: Giroud 90+1

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting