locale OZ

Fransiya kubogi. Endrik gol urgan bahsda «Lion» Liga 2 vakilini magʻlub etib, 1/4 finalga chiqdi

Nimchorak finalning soʻnggi oʻyini bugun boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya kubogi. Endrik gol urgan bahsda «Lion» Liga 2 vakilini magʻlub etib, 1/4 finalga chiqdi
FOTO: Getty Images

Fransiya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida «Lion» o‘z maydonida Liga 2 vakili «Laval»ni qabul qildi. «Grupama» stadionida kechgan bahsda mezbonlar autsayder ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv taqdirini so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar hal qildi. 80-daqiqada Madridning «Real» klubidan ijaraga olingan braziliyalik yosh yulduz Endrik hisobni ochdi. 90+4-daqiqada esa portugaliyalik Afonsu Moreyra «Lion»ning ustunligini mustahkamlab, yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Qishki transfer oynasida «Lion» safiga kelib qo‘shilgan Endrik barcha turnirlar doirasida o‘tkazilgan 5 ta uchrashuvda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, uning hisobida bitta golli uzatma ham bor.

1/8 final bosqichining so‘nggi uchrashuvi bugun, 5 fevral, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda «Strasburg» o‘z maydonida «Monako»ni qabul qiladi. Mazkur o‘yindan so‘ng chorak finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ladi.

Fransiya kubogi. 1/8 final

«Lion» — «Laval» 2:0

Gollar: Endrik (80), Moreyra (90+4).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting