Fransiya Kubogi. Chorak finalning barcha juftliklari ma’lum boʻldi
Turnirning amaldagi chempioni «PSJ» hisoblanadi.
FOTO: Getty Images
Fransiya kubogining 1/8 final uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi va turnirning keyingi bosqichida o‘zaro to‘qnash keladigan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.
Chorak final juftliklari bilan tanishing:
- «Marsel» — «Tuluza»
- «Strasburg» — «Reyms»
- «Loryan» — «Nitssa»
- «Lion» — «Lans»
Mazkur bosqichning barcha uchrashuvlari 4 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, musobaqaning amaldagi g‘olibi «PSJ» hisoblanadi. Parijliklar o‘tgan mavsumning final bahsida «Reyms» darvozasiga javobsiz uchta gol urib (3:0), navbatdagi chempionlikni tantana qilishgan edi.
Fransiya kubogidagi g‘alabalar soni bo‘yicha peshqadamlar:
- PSJ — 16 karra g‘olib (mutloq rekordchi);
- «Marsel» — 10 karra g‘olib;
- «Sent-Etyen» va «Lill» — 6 tadan g‘alaba.
Ta’kidlash joizki, joriy mavsumda «Marsel» o‘zining 11-titulini qo‘lga kiritib, yetakchiga yaqinlashishga harakat qiladi, «Lion» esa omadsiz mavsumdan so‘ng muxlislariga kubok sovg‘a qilish imkoniyatiga ega.
Nasrullo Karimov
Jurnalist