locale OZ

Fransiya ketma-ket to‘rtinchi Jahon chempionatida chorak finalga chiqdi

Fransuzlar 2014 yildan beri har bir mundialda pley-offning ushbu bosqichidan pastga tushgani yo‘q.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya ketma-ket to‘rtinchi Jahon chempionatida chorak finalga chiqdi
ФОТО: Getty images

Fransiya terma jamoasi JCh–2026 1/8 finalida Paragvayni 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi.

Shu tariqa, Didye Desham shogirdlari ketma-ket to‘rtinchi Jahon chempionatida kamida chorak finalgacha yetib borishga muvaffaq bo‘ldi. Fransuzlar 2014 yildan beri har bir mundialda pley-offning ushbu bosqichidan pastga tushgani yo‘q.

Bu davr mobaynida Fransiya:

2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi;

2022 yil Qatardagi mundialda finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda Argentinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, kumush medallarga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish joiz, 2026 yildagi Jahon chempionatida ilk bor kengaytirilgan pley-off tizimi qo‘llanilmoqda. Yangi formatga ko‘ra, musobaqaga 1/16 final bosqichi ham kiritildi. Fransiya ushbu bosqichda Shvetsiyani 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Endi chorak finalda Didye Desham boshchiligidagi jamoa Kanadani 3:0 hisobida mag‘lub etgan Marokash terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting