locale OZ

Fransiya chempionati. «PSJ» safarda «Oser»dan ustun kelib, 1-o‘ringa qaytdi

Birogina gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fransiya chempionati. «PSJ» safarda «Oser»dan ustun kelib, 1-o‘ringa qaytdi
ФОТО: Getty images

Liga 1ning 19-turidan o‘rin olgan ilk bellashuv ham o‘z nihoyasiga yetdi. Luis Enrike boshchiligidagi PSJ safarda autsayder hisoblangan "Oser" bilan kuch sinashib, minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va yana turnir jadvalida yetakchiga aylandi.

Bellashuvdagi yagona va g‘alaba golini 79-daqiqada Usmon Dembele uzatmasidan so‘ng Bredli Barkola kiritdi.

Natiajada Luis Enrike jamoasi 19 turdan so‘ng 45 ochko bilan peshqadamga aylandi. 2-o‘rindagi "Lans" bu turdagi o‘z o‘yinini endi o‘tkazadi. Husanovning sobiq jamoasida esa 43 ochko bor.

Fransiya chempionati. 19-tur

Oser – PSJ 0:1

Gol: Barkola 79

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting