locale OZ

Fransiya chempionati. «Lion» 2-turda yirik hisobda g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Getty Images

Fransiya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan "Lion" – "Mets" uchrashuvida mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Liondagi "Park OL" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda avval 25-daqiqada Malik Fofana hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, jamoa sardori Korenten Tolisso "to‘quvchilar"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bellashuv so‘ngida zaxiradan maydonga tushgan Adam Karabets hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Bu g‘alabadan so‘ng "Lion" 6 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi. "Mets" esa 0 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Fransiya chempionati. 2-tur
"Lion" 3:0 "Mets"
Gollar: Fofana 25, Tolisso 30, Karabets 83.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting