Fransesk Fabregas: Oldimda hali 30 yil bor
«Komo» bosh murabbiyi Fransesk Fabregas APLda ishlash imkoniyati haqida fikr yuritdi.
photo: gettyimages
«Komo» bosh murabbiyi Fransesk Fabregas APLda ishlash imkoniyati haqida fikr yuritdi.
«APL — dunyodagi eng yaxshi liga. Men buni doimo juda aniq tushunganman. Buni o‘yinchi, murabbiy va muxlis sifatida his qilganman.
Biroq Joze Mourinyu men «Chelsi»da bo‘lgan paytimda bir marta shunday degan edi: «Mening oldimda hali 30 yil bor».
Shu sababli, gipotetik jihatdan men «Komo»da yana 10 yil ishlashim va 12-15 yildan keyin baribir APLga tushishim mumkin.
Futbol shu qadar oldindan aytib bo‘lmaydigan sohaki, u bir lahzada o‘zgarib ketadi. Bugun sen eng zo‘risan, ertaga esa — eng yomoni.
Shunday ekan, keling, lahzadan zavqlanaylik. Men lahzadan zavqlanishni yaxshi ko‘raman», — dedi 39 yoshli Fransesk Fabregas.
Ibrohim Jalolov
Redaktor