locale OZ

Frank: «Tarkibni kuchaytirishimiz kerak»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Frank: «Tarkibni kuchaytirishimiz kerak»
Photo: Getty Images

"Tottenhem" bosh murabbiyi Tomas Frank klubning transfer bozoridagi faoliyati haqida gapirdi.

"Biz tarkibni kuchaytirishni istardik, bunga shubha yo'q. Hozirda klub munosib variantlarni topish ustida astoydil ishlamoqda. Ochig'i men qo'l ostimdagi tarkibdan mamnunman, biroq transfer oynasi yopilishiga qadar yanada kuchliroq bo'lish uchun hamma narsani qilyapmiz," - dedi Frank "PSJ"ga qarshi o'yindan keyin TNT Sports’ga bergan intervyusida.

Bu yozda "Tottenhem" xaridlar uchun qariyb 150 mln yevro sarfladi.

Kuni kecha “taqachilar” UEFA Superkubogida “PSJ” klubiga mag'lub bo'lgan edi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting