locale OZ

Frank Ribery bu yil «Oltin to‘p»ga kim munosib ekanligini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Frank Ribery bu yil «Oltin to‘p»ga kim munosib ekanligini aytdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogiga mehmon sifatida taklif etilgan Fransiya futboli afsonasi Frank Ribery matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘zbekistonga tashrifingizdan mamnunmisiz. Mamlakatimiz haqidagi taassurotlaringiz?

- O‘zbekistonga kelishimdan avval menga Kevin bog‘landi. Taassurotlarim juda katta. Juda saviyali o‘yin guvohi bo‘ldim. O‘zbekiston juda tez rivojlanayotgan mamlakat ekaniga amin bo‘ldik. Jahon chempionatiga yo‘llanma olganingiz bilan tabriklayman. O‘zbekiston yoshlari ichida katta ishtiyoq ko‘rmoqdaman. Sizlarning imkoniyatlaringiz katta, bunga shubha yo‘q.

- “Oltin to‘p” egasini aniqlash prinsiplari haqida fikringiz? Bu yilgi mavsumda kim unga ko‘proq loyiq, deb o‘ylaysiz?

- Bu ancha murakkab savol bo‘ldi. “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishda faqat yutuq va erishilgan sovrinlar emas, balki sifatli o‘yin ko‘rsata olganlik ham hisobga olinsa, yaxshi bo‘lar edi. Bu yilgi mavsumda “Oltin to‘p”ni olishga Usmon Dembele ko‘proq haqli, deb o‘ylayman.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting