locale OZ

Franchesko Totti nega 48 yoshida “Komo” va “Jenoa” takliflarini rad etganini aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, jismoniy jihatdan u yana maydonga qaytishga tayyor bo‘lgan.
Franchesko Totti nega 48 yoshida “Komo” va “Jenoa” takliflarini rad etganini aytdi
Foto: Getty Images

“Roma” afsonasi Franchesko Totti 48 yoshida professional futbolga qaytish imkoniyati bo‘lganini ma’lum qildi. Italiyalik sobiq futbolchining aytishicha, unga “Komo” va “Jenoa”dan taklif tushgan, biroq u ikkalasini ham rad etgan. Bu haqda Totti o‘zining yangi “Oltre” kitobida yozgan.

Tottining so‘zlariga ko‘ra, jismoniy jihatdan u yana maydonga qaytishga tayyor bo‘lgan. Ammo qaror qabul qilishda bitta savol unga tinchlik bermagan: agar kerak bo‘lsa, u “Roma”ga qarshi o‘ynay olarmidi? Totti bu savolga ich-ichidan “yo‘q” deb javob bergani uchun takliflardan voz kechganini aytgan.

Totti butun professional faoliyatini “Roma” safida o‘tkazgan. U Rim klubi sharafini 1993-yildan 2017-yilgacha himoya qilib, 785 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 307 ta gol urgan. Shu sabab “Roma”ga qarshi o‘ynash ehtimoli uning uchun qaytishdan voz kechishdagi asosiy omil bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Franchesko Totti 2017-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U “Roma” tarixidagi eng ramziy futbolchilardan biri hisoblanadi va klub safida deyarli chorak asr davomida to‘p tepgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting