locale OZ

France Football sobiq bosh muharriri: «Ronalduning orzusi Messidan ko‘proq «Oltin to‘p» yutish ekanini aytgandim»

Paskal Ferre Krishtianu bilan yuzaga kelgan mojaro haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
France Football sobiq bosh muharriri: «Ronalduning orzusi Messidan ko‘proq «Oltin to‘p» yutish ekanini aytgandim»
photo: gettyimages

France Football nashrining sobiq bosh muharriri Paskal Ferre Krishtianu Ronaldu bilan 2021 yilda yuzaga kelgan kelishmovchilik haqida gapirib o‘tdi.

O‘shanda Ferre portugaliyalik futbolchining asosiy orzusi Lionel Messidan ko‘proq «Oltin to‘p» yutish ekanini aytgandi. Ronaldu esa bu gaplarni yolg‘on deb atab, maqsadi Messi bilan raqobatlashish emas, balki sovrinlar qo‘lga kiritish ekanini ta’kidlagan.

«O‘sha paytda turli OAVga «Oltin to‘p» haqida intervyular berardik. The New York Times bilan suhbatda Krishtianuning orzusi Messidan ko‘proq «Oltin to‘p» yutish ekanini aytgandim.

O‘ylashimcha, unchalik to‘g‘ri ish qilmaganman. Balki sukut saqlashim kerak edi. Biroq uning juda katta maqsadlarga intiladigan va raqobatbardosh inson ekani sir emas edi.

U menga shaxsan hech narsa demadi, ammo keyin ijtimoiy tarmoqlarda javob qaytardi. Ochig‘i, uning millionlab obunachilari oldida yolg‘onchi bo‘lib ko‘rindim. Lekin umuman olganda, bunda qo‘rqinchli hech narsa yo‘q», — dedi Ferre Marca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 30 sentyabr kuni Portugaliya milliy jamoasi qarorgohini tark etgandi. Futbolchi va bosh murabbiy Jezush o‘rtasidagi kelishmovchilik Norvegiyaga qarshi Millatlar Ligasi doirasidagi uchrashuv (2:1)dan keyin yuzaga kelgan. O‘sha bahsda Ronaldu 18 yil ichida ilk bor milliy jamoaning rasmiy o‘yinini to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting