locale OZ

FourFourTwo nashri eng yaxshi germaniyalik futbolchilardan iborat reyting tuzdi

Ushbu roʻyxatni Bekkenbauer boshqarib turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FourFourTwo nashri eng yaxshi germaniyalik futbolchilardan iborat reyting tuzdi
FOTO: Getty Images

FourFourTwo nashri tarixdagi eng yaxshi 10 nafar germaniyalik futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatni «Bavariya»ning sobiq himoyachisi Frans Bekkenbauer boshqarib berdi. Ikkinchi pog‘onadan myunxenliklarning yana bir afsonasi Gerd Myuller joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Bavariya» sharafini himoya qilgan Lotar Matteus yakunlab berdi.

Ro‘yxatning to‘liq ko‘rinishi quyidagicha:

  1. Frans Bekkenbauer;
  2. Gerd Myuller;
  3. Lotar Matteus;
  4. Filipp Lam;
  5. Uve Zeeler;
  6. Gyunter Netser;
  7. Manuel Noyer;
  8. Miroslav Kloze;
  9. Frits Valter;
  10. Oliver Kan.

Bekkenbauer Germaniya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan. «Bavariya» tarkibida esa himoyachi 13 ta sovrinni, jumladan, uch bor Yevropa chempionlari kubogini qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting