Formula-1 rahbari va Apple’ning sobiq moliya direktori Yannik Sinner fondining kuzatuv kengashiga qo'shildi
Yannik Sinnerning rasmiy sayti janniksinnerfoundation.org ma'lumotiga ko'ra, tennis bo'yicha uch karra «Katta shlem» g'olibi va jahon reytingi etakchisi bo'lgan italiyalik sportchi tashkil etgan xayriya fondi kuzatuv kengashiga Formula-1 prezidenti Stefano Domenikali va Apple’ning sobiq bosh moliya direktori Luka Maestri a'zo bo'ldi. Hozirda Maestri Apple’da korporativ xizmatlar guruhini boshqarmoqda. Fond prezidenti sifatida Yannik Sinnerning uzoq yillik menejeri Aleks Vittur tayinlandi.
Jannik Sinner Foundation bolalar sportini qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan. Fond maktab loyihalari, sport tashkilotlari va jamoat tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan.
Fondning rasmiy hamkorlari sifatida Rolex, Gucci, Head va Nike brendlari ishtirok etmoqda.