locale OZ

Folarin Balogun “Tottenhem”ga taklif qilindi

Biroq ayni paytda bu transferning amalga oshish ehtimoli yuqori baholanmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Folarin Balogun “Tottenhem”ga taklif qilindi
Foto: Getty Images

“Monako” hujumchisi Folarin Balogun faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli amerikalik futbolchi Londonning “Tottenhem” klubiga taklif qilingan.

Manbaga ko‘ra, Balogun faoliyatida yangi chaqiriqqa tayyor va uning vakillari vositachilar orqali “Tottenhem” bilan bog‘langan. Hujumchining xizmatlari London klubiga taklif etilgan, biroq ayni paytda bu transferning amalga oshish ehtimoli yuqori baholanmayapti.

Bunga sabab “Tottenhem” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda. Shu bois klub Balogun variantini o‘rganayotgan bo‘lsa-da, hozircha muzokaralar jiddiy bosqichga o‘tmagan.

Balogun o‘tgan mavsum “Monako” safida barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Endilikda uning faoliyatidagi navbatdagi manzil Angliya bo‘lishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting