locale OZ

Foden «Manchester Siti» bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi

26 yoshli futbolchi 2030 yilgacha 'shaharliklar' sharafini himoya qiladi.
Foden 'Manchester City' bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi
Фото: Manchester City

Manchester Siti' yarim himoyachisi Fil Foden klub bilan yangi to'rt yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda 'shaharliklar' rasmiy sayti xabar berdi.

Yangi kelishuvga ko'ra, 26 yoshli futbolchi 2030 yilgacha 'Manchester Siti' sharafini himoya qiladi.

Klub bayonotida ta'kidlanishicha, bolaligidan 'Siti' muxlisi bo'lgan Foden to'qqiz yoshida klub akademiyasiga qo'shilgan va 2017 yilda Pep Gvardiola qo'l ostida asosiy jamoada debyut qilgan. Shundan buyon u klub tarixidagi eng sovrindor futbolchilardan biriga aylangan.

Foden 'Manchester Siti' safida jami 20 ta yirik sovrinni qo'lga kiritgan. 2026 yil may oyida Fil 'shaharliklar' safida Angliya Premyer-ligasida 100 ta samarali harakat (gol va assist) qayd etgan oltinchi futbolchiga aylandi. Shuningdek, u klubning 132 yillik tarixi davomida 100 ta gol urgan atigi 20 nafar futbolchidan biri hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting