Foden «Manchester City»da qolishga tayyor
Agar kelishuv amalga oshirilsa, Filning maoshi ham ko‘tariladi.
ФОТО: Getty images
«Manchester City» yarim himoyachisi Fil Foden faoliyatini «shaharliklar» safida davom ettirishni istaydi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbada keltirilishicha, hozirda tomonlar amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Agar kelishuv amalga oshirilsa, Fodenning maoshi ham ko‘tariladi.
Transfermarkt portali Fodenning transfer qiymatini 80 million yevroga baholagan. Ma’lumot uchun, yarim himoyachi «City» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Fil Angliya Premer-ligasida jami 218 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu bahslarda xavbek 68 ta gol urishga va 31 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist