Foden «Man Siti» bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirishi mumkin
Futbolchining transfer narxi 80 million yevro atrofida baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” rahbariyati hujumkor yarim himoyachi Fil Fodenning vakillari bilan muzokara olib bormoqda. The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar hozirda yangi mehnat shartnomasini muhokama qilmoqda.
Yangi kelishuv 2030 yil yozigacha mo‘ljallanishi mumkin. Shuningdek, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutiladi.
25 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer narxi 80 million yevro atrofida baholanmoqda.
Joriy mavsum Fil Foden Angliya Premer-ligasida 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist