locale OZ

Foden Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

«Man Siti» futbolchisi «Borussiya D»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Foden Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» hujumkor yarimhimoyachisi Fil Foden Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar bermoqda.

Angliyalik futbolchi guruh bosqichining 4-turida Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi. Fodenning ikkita goli «shaharliklar»ga raqibni 4:1 hisobida magʻlub etishga yordam berdi.

Ovoz berish natijasiga koʻra, Foden «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhen, «Bryugge» vingeri Karlush Forbsh va «Arsenal» yarimhimoyachisi Mikel Merinoni ortda qoldirdi.

Maʼlumot uchun, Foden joriy mavsum Chempionlar ligasida 3 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting