Foden «Bavariya» qiziqish doirasida
Fodenning «Manchester Siti» bilan mehnat shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.
Фото: Getty Images
«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda TEAMtalk ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, agar «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar tufayli jiddiy jazoga duch kelsa, Foden «Bavariya»ning transfer maqsadiga aylanishi mumkin. Germaniya grandi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va imkoniyat tug‘ilsa, 26 yoshli futbolchini sotib olishga tayyor.
Joriy mavsumda «shaharliklar» tarbiyalanuvchisi barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fodenning «Manchester Siti» bilan mehnat shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.