locale OZ

Foden APLda golli vaziyatlar yaratish boʻyicha yetakchilik qilmoqda

Fernandesh ikkinchi, Soboslay uchinchi oʻrinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Foden APLda golli vaziyatlar yaratish boʻyicha yetakchilik qilmoqda
FOTO: Getty Images

Joriy mavsum APLdagi barcha musobaqalarda eng ko‘p gol vaziyatlarini yaratgan futbolchi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden bo‘ldi — u 56 ta gol vaziyatini tashkil qilgan. Bu haqda Squawka xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinda «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Bruno Fernandesh turibdi — 52 ta vaziyat, uchinchi o‘rinni esa «Liverpul» o‘yinchisi Dominik Soboslay 52 ta golli vaziyat bilan egallagan.

«Liverpul» yarimhimoyachisi Florian Virts 50 ta vaziyat bilan to‘rtinchi o‘rinda. «Shaharliklar» yarimhimoyachisi Jeremi Doku va «Arsenal» hujumchisi Bukayo Saka esa 49 ta vaziyat bilan beshlikni yakunlab turibdi.

Hozirda «Arsenal» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 20 o‘yindan so‘ng 48 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti» — 42 ochko, uchlikni esa «Aston Villa» (42 ochko) yakunlab bergan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting