«Fluminense» darvozaboni eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Фото: Getty Images
“Fluminense” darvozaboni Fabio Lopes futbol tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi.
Janubiy Amerika Kubogi pley-off bosqichi 1/8 finalida “America de Kali”ga qarshi javob uchrashuvi 44 yoshli posbon uchun faoliyatidagi 1391-o‘yin bo‘ldi.
Shu tariqa, braziliyalik darvozabon inglizning sobiq posboni Peter Shilton natijasidan o‘zib ketdi.
Lopesga marosimda sovg‘a sifatida esdalik surat topshirildi, tadbirda uning oilasi ham ishtirok etdi.
Shuningdek, futbolchi ushbu tarixiy voqeaga bag‘ishlab maxsus bog‘ich bilan o‘yin o‘tkazdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor