locale OZ

Floyd Meyvezer Showtime telekanalini sudga berdi: Gap 340 million dollar haqida ketmoqda

Afsonaviy bokschi professional faoliyati davomida magʻlubiyatga uchramagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Floyd Meyvezer Showtime telekanalini sudga berdi: Gap 340 million dollar haqida ketmoqda
FOTO: Getty Images

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni va «Shon-sharaf zali» a’zosi, amerikalik afsonaviy Floyd Meyvezer Showtime telekanalini sudga berdi. Bu haqda nufuzli TMZ nashri xabar bermoqda.

Meyvezer Kaliforniya sudiga yo‘llagan da’vosida uzoq yillik maslahatchisi El Xeymon hamda Showtime prezidenti Stiven Espinoza tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy firibgarlik qurboni bo‘lganini ta’kidlagan. Da’vogar tomonning iddaosiga ko‘ra, ko‘p yillik hamkorlik davomida Xeymon sportchiga tegishli bo‘lgan qariyb 340 million dollar mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan.

Sud arizasida qayd etilishicha, Floyd o‘zining eng yirik janglari uchun berilishi kerak bo‘lgan gonorarlarning bir qismini olmagan. Xususan, gap quyidagi bahslar haqida ketmoqda:

  • 2015 yilning mayida o‘tgan Menni Pakyaoga qarshi «asr jangi»;
  • 2017 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan Konor Makgregor bilan shov-shuvli to‘qnashuv.

Meyvezerning jamoasi aynan ushbu ikki jangdan tushgan daromadlarning katta qismi firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini isbotlash niyatida ekanligi aytilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting