Florian Virts nima uchun “Liverpul”ga o'tishga qaror qilganini aytdi
FOTO: Getty Images
Yaqinda “Liverpul” bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachi Florian Virts nima uchun “Bayer”ni tark etib, mersisaydliklar safiga o'tganiga izoh berdi.
“Faoliyatimdagi navbatdagi qadamni qo'yish vaqti keldi deb o'yladim va, albatta, dunyoning eng kuchli klublaridan biriga o'tishni xohlardim. Mening fikrimcha, “Liverpul" ulardan biri edi.
Ha, men “Liverpul”ni tanladim. Bu yerdagi odamlar menga ishonch bildirishdi. G'oya va klub menga taklif qilgan hamma narsa juda yaxshi edi, - deydi Virts.
Ma'lumot uchun, Florian Virts o'tgan mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist