locale OZ

Florian Virts APLning o'tgan yozdagi eng omadsiz transferi deb topildi

«Liverpul» germaniyalik futbolchini «Bayer»dan 116 million yevroga sotib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florian Virts APLning o'tgan yozdagi eng omadsiz transferi deb topildi
FOTO: Getty Images

Germaniyalik yarimhimoyachi Florian Virtsning «Bayer»dan «Liverpul»ga oʻtishi Sports Illustrated nashri talqiniga koʻra, yozgi transferlar oynasidagi APLning eng muvaffaqiyatsiz transferi deb topildi.

Mersisaydliklar Virts uchun 116 million yevro sarfladi va futbolchi yangi jamoasi safida 10 ta oʻyinda atigi 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports Illustrated talqiniga koʻra, yozgi transferlar vaqtidagi eng muvaffaqiyatsiz bitimlar (Top-10):

1. Florian Virts — «Bayer»dan «Liverpul»ga (116 mln yevro).

2. Milosh Kerkes — «Bornmut»dan «Liverpul»ga (40 mln yevro).

3. Jeymi Gittens — «Borussiya D»dan «Chelsi»ga (51,5 mln yevro).

4. Yoan Vissa — «Brentford»dan «Nyukasl»ga (55 mln yevro).

5. Aleksandr Isak — «Nyukasl»dan «Liverpul»ga (125 mln yevro).

6. Jeyms Trafford — «Byornli»dan «Man Siti»ga (31 mln yevro).

7. Jan-Kler Todibo — «Nitssa»dan «Vest Hem»ga (32,8 mln yevro).

8. Mads Hermansen — «Lids»dan «Vest Hem»ga (20 mln yevro).

9. Entoni Elanga — «Nottingem Forest»dan «Nyukasl»ga (55 mln yevro).

10. Tyerino Barri — «Vilyarreal»dan «Everton»ga (27 mln yevro.

Ma'lumot uchun, «Liverpul» oʻtgan yozda transferlar uchun jami 420 million yevro sarflab, klub tarixidagi rekord natijani qayd etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting