Florian Virts: «2014 yilgi Germaniya milliy jamoasi ajoyib edi»
«Liverpul» yarimhimoyachisi va Germaniya terma jamoasi a’zosi Florian Virts nemis milliy jamoasi g‘alaba qozongan 2014 yilgi Jahon chempionati paytida ularni qanday qo‘llab-quvvatlagani haqida gapirib berdi.
«O‘sha paytda professional futbol men uchun hali juda olis istiqbol edi, unda muvaffaqiyatga erisha olamanmi yoki yo‘qmi, tasavvurga ham ega emasdim. Shu sababli o‘sha davrdan shunchaki oddiy muxlis sifatida zavqlanganman. Finalni tomosha qilish uchun butun oilamiz jam bo‘lgandi. U jamoa daxshatli edi, ayniqsa ularning xarakteri. Finalda qanday o‘yin ko‘rsatishgani va g‘alaba sari yetib borishgani tahsinga loyiq. Albatta, biz ham ularning izidan borishni istaymiz, ammo buni aytish qilishdan osonroq. 2014 yilda oxirigacha yetib borgan barcha futbolchilarga hurmatim cheksiz», — deya Virtsning so‘zlarini keltirmoqda FIFA rasmiy sayti.
Maʼlumot uchun, JCh-2026 musobaqasida Germaniya terma jamoasi «E» guruhida Kyurasao, Kot-d'Ivuar va Ekvador terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.