locale OZ

Florentino Peres: «Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi mushtlashuv haqidagi ma’lumotni tarqatgan shaxs topildi»

Avvalroq jamoa yarimhimoyachilari oʻrtasida nizo kelib chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florentino Peres: «Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi mushtlashuv haqidagi ma’lumotni tarqatgan shaxs topildi»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa yarimhimoyachilari Federiko Valverde va Aurelian Chuameni o‘rtasidagi mushtlashuv tafsilotlarini OAVga oshkor qilgan shaxs aniqlanganini ma’lum qildi.

«Biz Valverde va Chuameni o‘rtasidagi janjal haqidagi ma’lumotni tashqariga chiqarib yuborgan odamni topdik. Ushbu shaxs klubdan ketayotgani sababli g‘azabda va aynan shu bois ushbu ma’lumotni tarqatib yuborgan», — dedi Peres matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni, 7 may sanasida mashg‘ulot davomida Federiko Valverde va Aurelian Chuameni o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqani, u keyinchalik kiyinish xonasida mushtlashuvga aylanib ketgani ma’lum bo‘lgan edi.

To‘qnashuv natijasida urugvaylik futbolchining boshi yorilgan va u shifoxonaga yetkazilgandi. Har ikki o‘yinchi ham klub tomonidan 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting