locale OZ

Florentino Peres saylovda g‘alaba qozonsa, Denzel Dumfris «Real»ga o‘tadi

Tomonlar oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florentino Peres saylovda g‘alaba qozonsa, Denzel Dumfris «Real»ga o‘tadi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Inter» o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dumfrisni sotib olishni rejalashtirmoqda. The Athletic nashrining xabar berishicha, ushbu transfer Florentino Peresning 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasiga bog‘liq.

«Qirollik klubi» 30 yoshli futbolchi bilan muzokara o‘tkazgan va uning shaxsiy shartnomasi o‘tishga to‘sqinlik qilmaydi.

Niderlandiyalik himoyachining shartnomasidagi tovon puli 25 million yevroni tashkil etadi. Dumfris yakunlangan mavsumda Italiya klubi safida barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning ayni paytdagi bozor qiymati ham aynan 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting